Fan-texnika | 10:20 / 10.10.2017
12051
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yirik teleskop 2 ta yangi pulsarni aniqladi

Foto: Xinhua

Xitoyning ayni vaqtda dunyoning eng yirik teleskopi hisoblanuvchi Five hundred meter Aperture Spherical Telescope – FAST teleskopi ishga tushirilgandan beri o‘tgan vaqt mobaynida birinchi marta 2 ta yangi pulsarni aniqlay oldi. Bu haqda XXR Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat astronomiya observatoriyasiga asoslanib Sinxua agentligi xabar qilmoqda

Ma'lum bo‘lishicha, pulsarlardan biri Yerdan 4,1 ming yorug‘lik yili masofada joylashgan, ikkinchi sayoramizdan 16 ming yorug‘lik yili uzoqlikda. 

Ulkan radioteleskopni qurish tashabbusi xitoylik mutaxassislar tomonidan 1994 yili ilgari surilgan edi. 30 ta futbol maydoniga teng, ya'ni perimetri 1,6 km, diametri 500 metrga teng teleskopning qurilishi 2011 yil martida boshlandi. 

FAST 2016 yil sentabrida Guychjou viloyatining Tsyannan-Bui-Myao muxtor o‘lkasi Pintan tumanida ishga tushirildi. Hozirda u Xitoyning eng qimmat astronomik loyihasi hisoblanadi. U davlat byudjyetiga 1,2 mlrd yuanga (180 mln AQSh dollar) tushgan.

Pulsarlar katta tezlikda aylanuvchi neytron yulduzlar bo‘lib, ular qat'iy davriy elekromagnit nurlarni chiqaradi.

Olimlar ilk pulsarlarni o‘tgan asrning 60-yillari oxirida aniqlashgan. Ular tarayotgan signallar davriyligi sababli, olimlarni o‘zga sayyoraliklarning signallari deb baholashgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid