Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada rossiyaliklar samolyoti halokatga uchradi
Suriyadagi Xmeymim aerodromida rossiyaliklarning Su-24 rusumli samolyoti halokatga uchradi, ekipaj halok bo‘lgan. Bu ma'lumot Rossiya Mudofaa vazirligining axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti tomonidan tasdiqlangan.
«10 oktabr kuni Xmeymim aerodromidan jangovar topshiriqni amalga oshirish uchun uchish chog‘ida Su-24 samolyoti halokatga uchradi», - deya ma'lum qilgan departament vakili.
U samolyot ekipajini katapulta qilishga ulgurilmagani va ular halok bo‘lishganini ma'lum qilgan. Mudofaa vazirligi samolyot qulashi oqibatida yerdagilar jabrlanmaganini qo‘shimcha qilgan.
Bundan avval rossiyaliklar samolyoti ishtirokidagi halokatli hodisa 2015 yilning noyabrida ro‘y bergan, o‘shanda Suriya va Turkiya chegarasi yaqinida turkiyalik uchuvchi tomonidan Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy samolyoti urib tushirilgan, hodisa oqibatida rossiyalik uchuvchi Oleg Peshkov halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025