Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda gaz, elektr va suvdan bepul foydalanish bekor qilinadi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Oqsoqollar kengashida chiqish qilib, elektr, gaz, suv va tuzdan foydalanish uchun bosqichma-bosqich to‘lov kiritishni maqsadga muvofiq deb hisoblashi haqida aytib o‘tgan. Bu haqda Turkmaniston rahbari matbuot xizmati xabar bergan.
«O‘sha yillarda bunday imtiyozlarning berilishiga asosiy sabab – jahondagi murakkab iqtisodiy vaziyat sharoitida ijobiy sharoitlar yaratish, fuqarolarning bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashishi bo‘lgandi», - deb ta'kidlangan matnda.
«Mamlakat iqtisodiyotining bozor munosabatlari tizimiga chuqur integratsiyasi milliy boyliklarni ehtiyotkorlik, ratsionallik bilan, iqtisod qilgan holda va yuqori samarali foydalanilishini talab qiladi. Aholi daromadining muntazam oshishi va mehnat sharoitlarining yaxshilanishi avval bepul taqdim etilgan ijtimoiy imtiyozlarga ma'lum to‘lov kiritish imkoniyatini beradi», - deyiladi matbuot xizmatining xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda aholiga gaz, elektr energiyasi va suv bepul limitini taqdim etish bo‘yicha imtiyozlar amal qiladi.
Ilk bora bunday imtiyozlarni bekor qilish haqidagi taklif 2015 yilda Oqsoqollar kengashi yig‘ilishida berilgandi.
2016 yilning aprelida Berdimuhamedov taklifga rozi bo‘ldi hamda imtiyozlar «o‘zini oqlamayotgani» va «bozor iqtisodiyotiga o‘tishga xalaqit berayotgani» haqida ma'lum qildi. Biroq, 2016 yilning iyunida davlat rahbari kutilmaganda mamlakat byudjyeti aholiga imtiyozlar saqlanib qolishiga imkon berishi haqida aytib o‘tdi.
Bir yildan so‘ng, 2017 yilning iyunida prezident yana imtiyozlar tizimi butunlay samarasizga aylanganini aytdi va ularni bekor qilish haqida topshiriq berdi. Shu bilan birga, Berdimuhamedov «imtiyozlar birdaniga barchaga emas, balki ijtimoiy yordamga haqiqatdan ham ehtiyoji borlarga taqdim etilishi»ni qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025