Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Alisher A'zamxo‘jayev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turkiya prezidenti bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyo va jahondagi muhim hamkori ekanligini ta'kidlab, barcha o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, 2016 yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng kuzatilgan O‘zbekiston—Turkiya munosabatlaridagi ijobiy dinamika alohida qayd etilgan. Pekin, Ostona va Nyu-York shaharlaridagi ikki davlat rahbarlarining bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud ulkan imkoniyatlarni amalga oshirishga imkon berdi, deyiladi TIV xabarida.
Turkiya davlati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga bo‘lajak tashrifi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston—Turkiya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga yangi turtki berishini qayd etib o‘tgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025