Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindistonni o‘zaro taqqoslashdi (video)
Rossiyaning NTV telekanalida yakshanba kuni “Ikkilamchi standartlar. Bu yer sizga u yer emas” ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi. Dasturni suratga olish ishlari O‘zbekiston va Hindistonda bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rsatuv boshlovchilari hordiq chiqarishning ikkilamchi standartlarini o‘zlarida sinab ko‘rishdi. Shuningdek, ular O‘zbekiston va Hindistonni oddiy sayyoh nigohi bilan taqqoslashgan.
Boshlovchilardan biri Toshkent, Marg‘ilon, Buxoro hamda Samarqand shaharlariga bordi, O‘rta Osiyodagi eng katta va eng qadimiy bozor – Chorsuni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, u mashhur “O‘zbekfilm” haqida so‘zlab berib, taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov bilan uchrashdi. Bundan tashqari, boshlovchi Marg‘ilondagi “Atlas bayrami”ga tashrif buyurdi. O‘zbek palovining tayyorlanish sirlari bilan ham qiziqqan.
Ikkinchi teleboshlovchi esa Hindistonga borib, u yerdagi taomlarning achchiqligidan shikoyat qilgan. Toj Mahal va Go‘ri Amir maqbaralari o‘rtasidagi farq o‘rganildi, mashhur Raj Kapurning studiyasiga ham tashrif buyurilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 22.05.2025