Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik taekvondochilar Malayziyada 4ta medalni qo‘lga kiritishdi
Tayekvondo’ning WTF yo‘nalishi bo‘yicha Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi 2nd Malaysia Open International Taekwondo Championship 2017 musobaqasida yurtimiz sharafini 8 nafar jajji hamyurtimiz himoya qildi.
53 davlatdan tashrif buyurgan sport ustalari ichida Dadamuxammedov Temurbek (27 kg. vaznda) va Abdullayev Abusufyon (27 kg. vaznda) bronza va kumush medaliga ega bo‘lishgan bo‘lsa, Miryokubov Mirabror (30 kg. vaznda) finalgacha 6 jang o‘tkazib ularning barchasida ishonchli g‘alabaga erishdi. Mirabrorbek finalda indoneziyalik raqibi ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, musobaqa davomida ko‘rsatgan jang mahorati yuqori baholandi va musobaqada eng zo‘r texnikaga ega sportchisi deb tan olinib, qo‘shimcha mukofotga ega bo‘ldi.
Shuningdek, 20 kg vaznda ishtirok etgan Jahongirov Javohir barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Bu kabi yoshlarimiz kelajakda boshqa musobaqalarda ham Yurtimiz sharafini yanada ko‘klarga ko‘taradi, degan umiddamiz.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025