Fan-texnika | 16:20 / 11.10.2017
11243
2 daqiqa o‘qiladi

Kia Rossiya bozori uchun yangi modelini namoyish qildi

Foto: Kia

Janubiy Koreyaning Kia Motors kompaniyasi yangi Rio X-Line kross-xetchbekining suratlarini namoyish qildi. Mashina Rossiya avtobozori uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, Rio platformasi negizida ishlab chiqilgan va o‘zida xetchbek hamda universalga xos jihatlarni mujassam etgan. Uning dizayni ham o‘ziga xos tarzda ishlab chiqilgan. Rio X-Line modelining yo‘l va kuzov oralig‘i 170 mmgacha uzaytirilgan. 

Avtomobil Sankt Peterburgdagi «Hyundai Motor Manufacturing Rus» zavodida ishlab chiqiladi. Unga ikki xil – Kappa oilasining 1,4 l (100 ot kuchi) yoki Gamma oilasining 1,6 l (123 ot kuchi) benzinli motorlari o‘rnatiladi.

Foto: Kia
Foto: Kia

Yangi Rio X-Line, shunindek, kunduzgi old va orqa diodli chiroqlar bilan jihozlanadi. O‘rindiqlari chram bilan qoplanadi. Ba'zi to‘plamlariga orqani ko‘rish kameralari ham kiritilgan. 

7dyuymli displeyli yangi multimedia tizimi taklif etiladi. Unda Android Auto va Apple CarPlay ham bo‘lishi e'tiborga molik. 

Kia Motors Rus marketing direktori Valeriy Tarakanovning qayd etishicha, tadqiqotlar Rossiyada kross-xetchbek uchun yuqori talab borligini ko‘rsatgan. Kia Rio X-Line 2017 yil noyabr oyidan sotuvga chiqariladi. 

Foto: Kia
Foto: Kia

Hozircha, Kia Rio X-Line narxi ma'lum qilingani yo‘q. 

Mavzuga oid