Jahon | 18:10 / 11.10.2017
30641
2 daqiqa o‘qiladi

Las-vegaslik merganning miyasi o‘rganildi

Foto: Reuters

Shifokorlar Las-Vegasdagi musiqiy festivalga tashrif buyurganlarga qarata o‘q uzgan Stiven Peddokning miyasini o‘rganishdi. The New York Post shu haqida xabar berdi. 

G‘ayritabiiy hech narsa yo‘q. "Biz kutgan hech qanday narsa topilmadi", - dedi okrug sherifi Klark Jo Lombardo va uni jinoyatga nima undagani aniqlanmay qolishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Shunga qaramay, shifokorlar izlanishni davom ettirishadi. 

2 oktabr kuni Peddok Mandalay Bay mehmonxonasining 32-qavatidan kantri-musiqa festivali ishtirokchilariga qarata avtomat quroldan o‘q uzgan, keyin esa o‘z joniga qasd qilgan. U jami 59 kishini o‘ldirgan, 500 nafardan ziyodi jarohatlangan. 

Peddokning mehmonxonadagi xonasidan 23 ta qurol, shu jumladan 19 avtomat, mingdan ortiq patron aniqlangan. Uning Meksikadagi uyidan esa politsiya portlovchi qurilma va uning komponentlarini topgan. Tergov hozircha Peddokning nima uchun bunday qilganini aniqlashning uddasidan chiqmadi. 

Mavzuga oid