Meksikalik multimilliarder mamlakatida yuz bergan zilzilaning ijobiy jihatlari borligini aytdi
Meksikalik multimilliarder va dunyoning eng badavlat odamlaridan biri Karlos Slim Meksikada sentabr o‘rtasida yuz bergan va yuzlab odamlar hayotiga zomin bo‘lgan vayronkor zilzilalarning ijobiy jihatlari borligini aytdi.
"Bu fojia juda ulkan, juda qayg‘uli bo‘ldi. Biz barchamiz uni boshdan kechirdik, chunki u markazga yaqin bo‘lgani uchun bu yerda, Mexikoda yashovchilarga boshqalarga qaraganda kuchliroq zarba berdi. Biroq uning ijobiy effekti ham bor: bu yerda ishchi o‘rinlar yaratiladi, rekonstruksiya olib boriladi, past daromadli turli qatlamlar to‘qnash kelgan bu joyda iqtisodiy faollik paydo bo‘ladi", deb aytdi Slim Mexikodagi anjumanda.
Slimning asosiy biznesi Meksika va Lotin Amerikasining telekommunikatsiya bozori bilan bog‘liq. U America Movil, Telcel va Telmex kompaniyalariga egalik qilishdan tashqari, Meksikaning bir qator kompaniyalarini nazorat qiluvchi Grupo Carso’ga ham ega.
Slim anjumanda fojiadan jabr ko‘rganlarga 2,4 mlrd peso (128 mln dollar) ajratishini ma'lum qildi. Slimning aytishicha, bu summaga 217 ming odamning sa'y-harakatlari bilan erishilgan, ular Slimga tegishli turli savdo tizimlari orqali zilziladan jabr chekkanlar ehtiyojlari uchun 395 mln peso (21 mln dollar) o‘tkazishgan. O‘z navbatida milliarder bunday tarzda o‘tkazilgan har bir peso uchun o‘zidan 5 peso qo‘shishini aytgan.
Mavzuga oid
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
00:30 / 13.11.2024