Sport | 08:38 / 11.10.2017
37425
1 daqiqa o‘qiladi
Messi tarixga kirdi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2018 uchun saralash bosqichi doirasida Ekvadorga qarshi kechgan bahsda het-trik qayd etdi. Shu tariqa, 30 yoshli to‘purar o‘zining 19-, 20- va 21-gollarini kiritdi hamda tarixda jahon chempionatlarining Janubiy Amerika qit'asi saralashlarida bunday ko‘rsatkichga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.
Janubiy Amerika saralashidagi to‘purarlar jadvalining ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Ernan Krespo va Urugvay forvardi Luis Suares o‘zaro bo‘lishib turibdi. Har ikki futbolchining hisobida 19 tadan gol bor.
Mavzuga oid
16:12 / 23.10.2024
Argentinada soliq xizmati tugatildi
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
20:30 / 24.09.2024
Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga order berdi
23:23 / 30.08.2024