Jamiyat | 08:25 / 12.10.2017
9661
1 daqiqa o‘qiladi

Gucci modalar uyi 2018 yildan boshlab mo‘ynadan voz kechadi

Foto: Gucci

Italiyaning Gucci modalar uyi 2018 yildan e'tiboran mo‘ynadan to‘liq voz kechishga qaror qilgani haqida e'lon qildi. Buyuk Britaniyaning Guardian nashri shu haqda yozmoqda.

Kompaniya bosh direktori Marko Bizzarrining London moda kollejida qilgan nutqida aytishicha, 2018 yilgi bahor/yoz mavsumi uchun to‘plamlarda hayvonlar mo‘ynalaridan tayyorlangan liboslar bo‘lmaydi. Uning qayd etishicha, bu qaror "ekologik jihatni kompaniya biznesining ajralmas qismiga aylantirish maqsadiga so‘zsiz" sodiqlikni anglatadi.

Xabar qilinishicha, liboslar va poyabzalni tayyorlashda qo‘llanilmagan mo‘ynalar xayriya kim oshdi savdolariga qo‘yiladi. Tushgan pul hayvonlarni himoya qilish fondlar hisobiga o‘tkaziladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid