Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiyada FeTO bilan aloqadorlikda gumon qilingan 100 dan ortiq kishi ushlanadi
Turkiya hukumati 2016 yil iyul oyi o‘rtasida davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan yana 115 kishini qo‘lga olishga order berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, gumondorlarni ushlash bo‘yicha maxsus amaliyot jumhuriyatning 15 viloyatida o‘tkaziladi. Ularga Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlik aybi qo‘yilishi mumkin. Rasmiy Anqara ayni tashkilotni davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilmoqda.
2016 yil 15 iyul kuni Turkiya qurolli kuchlarining askar va ofitserlaridan bir guruhi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdi. Asosiy qarama-qarshilik Istanbul va Anqarada avj oldi. Isyonchilarni hisobga olmaganda 250 fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. 2 mingdan ortiq odam jarohatlandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025