Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident korteji piyodalarni o‘tkazib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulganing piyodalar o‘tish yo‘lagida o‘z kortejini to‘xtatgani hamda piyodalarni o‘tkazib yuborgani tasvirlangan foto paydo bo‘ldi. Ushbu harakat mo‘g‘ulistonlik ko‘plab fuqarolarning e'tirofiga sabab bo‘ldi.
«Ulan-Batorda yozilmagan qonun mavjud - mamlakatdagi eng yuqori mansabdor shaxslari kortejlarini o‘tkazib yuborish. Aftidan, X.Battulga qoidani o‘zgartirishga qaror qildi», - deya ta'kidlaydi ARD nashri.
Bundan oldin Battulga mamlakat parlamenti raisi va bosh vazirning hashamatli uyi yonidagi qarorgohida yashashdan voz kechgani xabar berilgandi.
Battulga Markaziy pochta qarshisidagi kichik uyga joylashishga qaror qildi, u yerda qachonlardir Mo‘g‘uliston rahbari Yumjagiyn Tsedenbalning qishki xonadoni bo‘lgan. Davlat rahbari ish joyiga ham piyoda boradi, u taxminan 400 metr masofani bosib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
13:22 / 16.01.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi
20:37 / 11.01.2025