Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi yengil sanoat mahsulotlari importining 50 foizdan ortig‘i me'yorga mos emas
Rossiyaga import qilinadigan yengil sanoat mahsulotlarining 54 foizga yaqini “Yengil sanoat mahsuloti xavfsizligi to‘g‘risida”gi talablarga javob bermaydi. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmati 2017 yil 9 oylik tekshiruvlar natijalariga doir yig‘ilishida ma'lum qildi.
“Texnik talablarga mos kelmaydigan mahsulotlarning 54 foizi importga to‘g‘ri keladi. Shunga binoan Rossiyaga boshqa davlatlardan olib kirilayotgan mahsulotlarga jiddiy e'tibor berish kerak”, - deyiladi xabarda.
Umuman, tashkilot tekshiruvlari natijasida yengil sanoat mahsulotlaridan 720 tonnasi savdo peshtaxtalaridan qaytarib olingan. Bunda sifatsiz mahsulotlarning 40 foizi mo‘ynali mahsulotlarga to‘g‘ri keladi. Qolgan qoidabuzarliklar ayollar liboslari, poyabzal, ichkiyim va tekstil mahsulotlaridir.
Qoidabuzarliklarning aksariyati savdo belgilarini noto‘g‘ri qo‘yish bilan bog‘liq. “5 foiz mahsulot kimyoviy va biologik xavfsizlik ko‘rsatkichlariga muvofiq emasligi aniqlandi", - deya qo‘shimcha qilinadi Rospotrebnadzor xabarida.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025