Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
201 mln. so‘m va 10 ming dollarni aldab olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan firibgar qo‘lga olindi
Shayxontohur tumanida Shayxontohur tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda Qozog‘iston Respublikasidan bug‘doy mahsulotlarni olib kelishni va'da qilib, 201.000.000 so‘mi va 10.800 AQSh dollarini aldab olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan firibgar qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Shayxontohur tumanida 2016 yil may oyida, 1973 yilda tug‘ilgan, Yakkasaroy tumani, O‘rikzor ko‘chasi 142-uyda yashovchi Y.B., Furqat ko‘chasida joylashgan «Tsirk» oldida, 1971 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati, Andijon shahri, N.Tojakbarov ko‘chasida yashovchi A.I.ga Qozog‘iston Respublikasidan bug‘doy mahsulotlarini olib kelishni va'da qilib, 201.000.000 so‘m va 10.800 AQSh dollarini olib, o‘z extiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Y.B.ga nisbatan Yunusobod tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025