Jahon | 20:20 / 15.10.2017
119022
1 daqiqa o‘qiladi

«Grin kard» anketasini to‘ldirish muddati o‘zgartirildi​

Har yili kuz mavsumida AQSh Davlat departamenti tomonidan e'lon qilinadigan «Grin kard» anketasini to‘ldirish muddati o‘zgartirildi. Bu haqdagi ilk rasmiy ma'lumotni AQShning Ekvadordagi konsullik idorasi xabar berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilda Green Card lotereyasini o‘tkazilishiga oid sanalarda o‘zgarish yuz berib, anketalarni 18 oktabrdan boshlab to‘ldirish mumkin. Shu paytgacha to‘ldirilgan barcha anketalar ham qaytadan kiritilishi shart, aks holda ularning haqiqiyligi tasdiqlanmaydi.

Xabarda aytilishicha, anketalarni to‘ldirishning so‘nggi muddati 22 noyabr kuni yakuniga yetadi. Shuningdek, mazkur idora bergan ma'lumotga ko‘ra, Green Card​ 2019 natijalari 2018 yil 15 maydan so‘ng e'lon qilinadi.

Hozircha bu haqda Davlat departamentining rasmiy sahifasida hech nima deyilmagan. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ham mazkur masalaga rasmiy izoh bermagan.

Mavzuga oid