Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada darvozabon o‘yin vaqtidagi to‘qnashuvdan keyin halok bo‘ldi
Indoneziyaning "Persela Lamongan" futbol klubi darvozaboni Xayrul Xuda "Semen Padang" klubiga qarshi uchrashuvda ikkita o‘yinchi bilan to‘qnashuvdan keyin halok bo‘ldi. Bu haqda goal.com portali xabar bermoqda.
15 oktabrda o‘tgan uchrashuvning 1-bo‘limida "Persela" jarima maydonchasida Xuda klubdoshi Ramon Rodriges va raqib jamoa hujumchisi Marsel Sakramento bilan to‘qnashib ketgan. Darvozabon shundan keyin hushini yo‘qotgan.
Uchrashuvda xizmat ko‘rsatgan tibbiy xodimlar futbolchiga birinchi yordam ko‘rsatishgan va uni maydondan zambilda olib chiqib ketishgan. Xuda shifoxonaga yo‘lda hayotdan ko‘z yumgan. 38 yoshli futbolchining o‘limiga bo‘yni va boshidan olgan jarohati sabab bo‘lgan.
Xuda o‘z klubi muxlislari orasida afsona hisoblanardi, u 1999 yildan beri butun faoliyati davomida shu klub uchun o‘ynab kelgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025