Oltita yangi galaktika kashf qilindi

Foto: TahuPedia
Xitoy, AQSh va Chili astronomlari Katta portlashdan keyin 800 million yil o‘tib hosil bo‘lgan oltita yangi galaktikani aniqlashdi. "Sinxua" agentligi shu haqida xabar berdi.
Olimlarning fikricha, bu kashfiyot reionizatsiya davri (Koinot tarixida Katta portlashdan keyingi 550-800 million yil keyingi davri)da galaktikalarni kuzatish sohasida yangilik bo‘lib, yulduzlarning shakllanish jarayonlarini o‘rganishda yordam beradi.
Kashfiyot LAGER loyihasi doirasida aniqlangan bo‘lib, uning tashabbuskorlari - xitoyliklar. Tadqiqotchilar Chilida joylashgan teleskoplar yordamida Katta portlashdan 800 yil keyin shakllangan galaktikaga 23 nomzodni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, olimlar bu vaqtga kelib, ionlashtirilgan vodrod ulushi 50 foizga yetgan, degan xulosaga kelishdi.
Keyingi kuzatuvlar tadqiqot uchun qiziq bo‘lgan olti yulduzlar tizimini saralab olishga yordam berdi.
Katta portlashdan keyin Koinot sekin-astalik bilan sovib borgan, 400 ming yildan keyin sekinlashgan elektronlar sekinlashgan protonlarga birikish imkoniga ega bo‘lgan va asrlar boshlangan. Bu vaqtda yulduzlar va galaktikalarning hosil bo‘lish jarayonlari boshlangan. Qorong‘u asrlardan keyin esa reionizatsiya jarayoni qayd etilgan.
Mavzuga oid

17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi

22:31 / 09.05.2025
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi

16:10 / 27.03.2025
Olimlar birinchi marta Neptundagi qutb yog‘dularini tasvirga oldi

12:49 / 06.02.2025