AQShda antiqa elektr yo‘ltanlamaslar yaratildi
AQShning Green4U startapi ikkita elektr yo‘ltanlamas taqdim qildi. Ushbu avtomobillarning o‘ziga xos jihati ularda 6 ta eshik va 3 ta o‘rindiqlar qatori borligi hisoblanadi.
Ushbu modellar Green4U MTU-6 va Enova deb atalib, alyuminiy platformada qurilgan va bir quvvatlanishda 368 km yo‘l bosa oladi. Mashinalarning qolgan texnik tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayapti.
Yo‘ltanlamaslarning platformasi firmaning kelgusi elektromobillari, jumladan Enova’ning 8 eshikli versiyasi negiziga ham yotadi. Mashinalar mijozlarga 2018 yilning 2-choragidan yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Bollinger Motors firmasi dunyodagi ilk elektr yo‘ltanlamasni taqdim qildi. B1 ishchi nomiga ega modelning kuzovi va yo‘l o‘rtasidagi balandlik 39 sm ni tashkil qiladi. Model 360 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel 60 va 100 kVt-soatli batareyalardan quvvat oladi. Yo‘ltanlamas bir quvvatlanishda 190 km dan 320 km gacha yo‘l bosa oladi.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31