Jahon | 09:51 / 16.10.2017
3633
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriya parlamenti uchun navbatdan tashqari saylovlar natijasi e'lon qilindi

Avstriya konservativ xalq partiyasi (OEVP) mamlakat parlamenti uchun navbatdan tashqari saylovda 31,4 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur partiyaga tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurts rahbarlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni egallagan Avstriya ozodlik partiyasi 27,4 foizlik natija ko‘rsatgan. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi saytida xabar qilinmoqda.

Natijalarga muddatidan avval berilgan ovozlar kiritilmagan. 

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan uchlikka 26,7 foiz ovoz to‘plagan Avstriya sotsial-demokratik partiyasi ham kirgan. 

Shunday bo‘lsa-da, yangi parlament tarkibidan NEOS liberallari (5 foiz) va "Peter Pilts ro‘yxati" (4,1) a'zolari ham o‘rin olishi ma'lum bo‘lgan, ammo bu safar yashillar 4 foizlik to‘siqni oshib o‘ta olmagani sababli deputatlik kursisini egallay olishmaydi. 

Avstriya navbatdan tashqari parlament saylovlarida saylovchilarning 67,6 foizi, yoki 4,3 million kishi qatnashgan. O‘tgan safargi parlament saylovlarida bu raqam 75 foizga yaqin bo‘lgan edi. 

Mavzuga oid