Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun omadsizi. «Betis» 5 daqiqada 3 gol urdi, ammo yirik hisobda yutqazdi
Ispaniya primerasining 8-turida «Valensiya» «Betis» maydoniga safar qilib, g‘alabaga erishdi. Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi 9 gol 9 futbolchi nomiga yozildi. Mehmonlar jamoasi safida Joffrey Kondogbia, Gonsalu Guedesh, Rodrigo, Santyago Lorenso, Simone Dzadza va Andreas Pereyra gollarga muallif bo‘lishdi, mezbonlarning gollari — Xoel Kempbell, Arnaldo Antonio Sanabriya va Kristian Telo tomonidan urildi.
«Valensiya» qatorasiga to‘rtinchi g‘alabadan keyin ochkolari sonini 18taga yetkazdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Betis» 13 ochkosi bilan to‘qqizinchi pog‘onada qolmoqda.
Ispaniya chempionati
8-tur
Betis – Valensiya 3:6 (0:2, 3:4)
Gollar: 0:1 – 35 Kondogbia, 0:2 – 45 Gonsalu Gedesh, 0:3 – 64 Rodrigo, 0:4 – 74 Santi Mina, 1:4 – 79 Kempbell, 2:4 – 80 Sanabriya, 3:4 – 84 Telo, 3:5 – 88 Dzadza, 3:6 – 90 Pereyra.
Betis – Adan, Barragan, Mandi, Feddal, Durmisi, Fabian Ruis (Kamarasa, 67), Guardado, Narvaes (Telo, 67), Leon (Kempbell, 77), Sanabriya, Sanches.
Valensiya – Neto, Nacho Vidal, Garay, Murilo (Gabriel, 78), Gayya, Soler (Pereyra, 75), Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh, Dzadza, Rodrigo (Santi Mina, 69).
Ogohlantirishlar: Feddal (45), Garay (46), Nacho Vidal (52), Murilo (59), Pereyra (87).
Mavzuga oid
20:10 / 02.02.2025
Valensiyada hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi o‘tkazildi
15:59 / 03.11.2024
Ispaniyada asrning eng vayronkor toshqini. To‘rt kun o‘tib yana nimalar ma’lum?
22:11 / 02.11.2024
Ispaniyada suv toshqinlari: yana 10 ming kishi tabiiy ofat yuz bergan hududga yuboriladi
17:54 / 31.10.2024