Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Qirg‘izistonning yangi prezidentini tabrikladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirg‘izistonda 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi g‘olibi Sooronbay Jeenbekovni g‘alaba bilan tabrikladi. Tabrik matni Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
O‘z tabrigida Nazarboyev Sooronbay Jeenbekov boshqaruvida Qirg‘iziston yangi muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonch bildirgan.
«Men ishonamanki, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik munosabatlari rivojlanishda davom etadi.
Sizga sog‘liq va mas'uliyatli vazifada muvaffaqiyatlar, birodar qirg‘iz xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman», deyilgan telegrammada.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi ma'lum qilishicha, byulletenlar hisoblab chiqilganidan keyin Jeenbekovga saylovchilarning 54,20 foizi ovoz bergan (917 ming 219 kishi). Bu esa uning birinchi bosqichdagi g‘alabasini ta'minlaydi.
Uning asosiy raqibi Omurbek Babanov 33,36 foizlik ovozni qo‘lga kiritdi (unga 564 ming 573 kishi ovoz berdi).
Mavzuga oid
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi
19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida
16:27 / 03.01.2025