Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati sodir bo‘ldi
2017 yilning 11 oktabr kuni taxminan soat 23:30 larda, R.Ya. mast holatda, Sergeli tumani hududida fuqaro S.D. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, unga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada S.D. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilib, unga "chap taraf qorin sohasiga teshib kiruvchi sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi
10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
22:38 / 23.03.2025