Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadondan o‘g‘rilik fosh etildi
2017 yil 15 may kuni soat 08:00dan 10:30gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumani hududida fuqaro F.S.ning xonadoniga uning oynasi orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 500.000 so‘m va 1.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan B.G‘. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025