Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota antiqa dizaynli avtomobilni taqdim qiladi
Tokiodagi avtoshouda taqdim qilinadigan ixcham, saloni qorong‘uda yorishuvchi Toyota Wonder-Capsule kontsept-kari Toyota’ning Auto Body bo‘linmasi va Anrealage kiyimlar brendi bilan birgalikda yaratildi.
Ma'lum qilinishicha, yangi mashina bor-yo‘g‘i 2,5 metr uzunlikka va 1,3 metr enga ega. Ikki o‘rindiqli avtomobil vertikal old oynasi va uning kattaligi bilan e'tiborni jalb qiladi.

"Toyota" eshiklari harakatga qarshi ochiladi. Salonda asboblar paneli yo‘q, barcha ma'lumot old oynaga chiqariladi. Mashina poli va o‘rindiqlari lyuminessent material bilan qoplangan va buning evaziga qorong‘uda yorishadi. Bu qoplama ultrabinafsha nurlar yoki shunchaki yorqin chaqnash ta'sirida ham yorug‘lanadi. Yukxona o‘rniga o‘rindiq orqasida kichik bo‘lma ko‘zda tutilgan.

Kontsept-kar birinchi navbatda mashinalarni ijaraga berish xizmatlariga mo‘ljallangan. Mashina tarmoqdan haydovchi haqidagi ma'lumotlarni olib, unga moslab rul va o‘rindiqni sozlaydi.

Mashinaning texnik ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berilmagan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, u elektromobildir.

Mavzuga oid
22:13 / 07.09.2017
Kia yangi avlod Cee’d prototipini namoyish qildi
16:50 / 04.06.2017
Renault o‘zining eng yangi kontsept-karini rasman namoyish etdi (surat va video)
13:34 / 18.04.2017
Xitoyliklar “barcha holatlarga mo‘ljallangan” elektroven ishlab chiqaradi
17:00 / 13.04.2017