Jahon | 20:10 / 19.10.2017
7074
1 daqiqa o‘qiladi

Airbus A330neo samolyoti o‘zining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Airbus o‘zining A330 oilasiga mansub, yangilangan layneri A330neo’ning ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Endi ushbu samolyot Boeing 787 Dreamliner bilan raqobatga kirishishi kerak, deb xabar beradi Reuters.

Samolyot bugun Fransiyaning Tuluza shahri yaqinidagi Kolomere aeroportida uchish va qo‘nishni amalga oshirdi.

Keng fyuzelajli, uzoq masofalarga ucha oladigan reaktiv samolyot bulutli osmon ostida parvoz qildi. Uning ilk parvozini Airbus top-menejyerlari va samolyotning dvigatellarini yetkazib bergan Britaniyaning Rolls Royce kompaniyasi vakillari kuzatishdi.

Mavzuga oid