Leo Messining sehrli tabletkasi
NIMA VOQeA YuZ BeRDI?
Leo Messi Chempionlar ligasidan o‘rin olgan "Olimpiakos"ga qarshi o‘yinning bosh qahramoniga aylandi.
U jarima zarbasini chiroyli amalga oshirib, yevrokuboklardagi 100-golini urdi va Lyuka Din goliga hammualliflik qildi.
Bundan tashqari, o‘yinning 10-daqiqasida qiziq voqea yuz berdi. Argentinalikka nisbatan maydon markazida qoida buzildi. Bosh hakam jarima zarbasi tepishni ko‘rsatdi. Uni amalga oshirgunga qadar, Messi getrasidan nimanidir olib, tezda og‘ziga soldi. Voqea telekameralar nigohidan chetda qolmadi.
Kimdir uni saqich deb o‘yladi, ammo Messi hech narsani chaynamadi. Catalunya Rádio jurnalisti Rikar Torkvemada uni glyukoza tabletkasi bo‘lsa kerak, deb taxmin qildi. Shuningdek, Messi avval ham o‘yin paytida bu dorini qabul qilganini aytdi.
GLYuKOZA NIMAGA KeRAK?
Glyukoza tabletkalari uzoq davom etadigan va katta kuch talab qiladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi yoki uzluksiz mashg‘ulot olib boruvchi barcha sportchilar tomonidan qabul qilinadi.
Jismoniy yuklamalar paytida mushak glikogeni glyukozaga aylanib qoladi, inson vujudi undan quvvat manbasi sifatida foydalanadi. Glikogen zaxiralari cheklangan bo‘lib, shu tufayli, shifokor ko‘rsatmasiga binoan, glyukozani qo‘shimcha ravishda qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
Glyukozani jismoniy yuklamadan oldin yoki keyin qabul qilish bo‘yicha har xil fikrlar mavjud. Ba'zi mutaxassislar mashg‘ulotdan so‘ng deb aytsa, boshqalari mashg‘ulot boshlanganidan so‘ng, 10-15 daqiqa o‘tgach deb ta'kidlaydi. Chunki bu paytga kelib, inson vujudi glikogen zaxirasining 60% sarflaydi va mushaklar glyukozaning qo‘shimcha miqdoriga ta'sirchan bo‘lib qoladi. Messi aynan shu yo‘lni tutgan.
"LeO TABLeTKA YeB, GOL URDI? UNDA IKKINChISINI HAM YeSIN!"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘yindan keyingi matbuot anjumanida, Messi yegan tabletka haqidagi savolni eshitib, dastlab dovdirab qoldi. So‘ngra hazilomuz tarzda javob qaytardi: "Leo glyukoza tabletkasini yedi? To‘g‘risini aytsam, gap nima haqda ketayotganini bilmayman.
Agar u tabletka yeganidan so‘ng gol urgan bo‘lsa, u holda zudlik bilan yana bittasini, yana ham yaxshirog‘i, bir juftini yesin!"
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024