Putin Sobchakning saylovlarda ishtirok etish rejasiga qanday munosabat bildirdi?
2018 yil RF prezidenti saylovlarida qatnashish rejasi haqida ma'lum qilgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak davlat rahbari Vladimir Putinga o‘z rejasini bildirdi. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi.
Sobchakning so‘zlariga ko‘ra, teleboshlovchi o‘z otasi Anatoliy Sobchak haqida filmni suratga olish jarayonida Putindan intervyu olgan vaqtida mazkur masalani ko‘targan.
"Men siyosatda samimiy va shaffof munosabatlar tarafdoriman. Sankt-Peterburgda yashagan vaqtimizdan boshlab mening oilam va Vladimir Vladimirovich yaqin aloqada bo‘lishgan, shuning uchun o‘z qarorimni to‘g‘ri deb hisobladim. Men intervyudan keyin Putinga o‘z niyatim haqida bildirdim... U "har bir inson qaror qabul qilish huquqiga ega va ular uchun mas'ul" ekanini aytdi. Gaplarim unga yoqdi deb o‘ylamayman, u birgina shu gapni aytib, keyin onamning sog‘lig‘i haqida so‘ray ketdi", - deydi Sobchak
Mavzuga oid
10:30 / 03.10.2024
Putin urushda qatnashayotgan sudlanuvchilarni jazodan ozod qildi
08:30 / 02.10.2024
Die Zeit: Shols Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi
08:50 / 01.10.2024
Putin RF Xavfsizlik kengashi tarkibini 35 kishigacha kengaytirdi
23:50 / 30.09.2024