O‘zbekiston | 11:00 / 20.10.2017
13195
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHT vakili Markaziy Osiyo davlatlarini qamoqdagi jurnalistlarni ozod qilishga chaqirdi

Foto: YeXHT

YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari hukumatlarini qamoqda bo‘lgan jurnalistlarni ozod qilishga chaqirdi. 17-19 oktabr Arlem Dezir Toshkentda «Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika» 19-Markaziy Osiyo OAV anjumanida ishtirok etish maqsadida bo‘ldi. O‘zbekiston forumni so‘nggi 15 yil ichida birinchi marta qabul qildi.

Davlat organlari vakillari bilan uchrashuvlarda Arlem Dezir «Dilmurod Sayid, Yusuf Ro‘zimurodov, Bobomurod Abdullayev va boshqa barcha jurnalistlarni ozod qilishga» chaqirgan. «Bu mumkin va kerak», - deya vakil so‘zlaridan iqtibos keltirgan YeXHT sayti.

Konferentsiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistondan yuzdan ziyod jurnalist, hukumatlar vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda ilmiy doiralar vakillari, shuningdek, Belgiya va Avstriyadan kelgan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar qatorida mediasohadagi hozirgi tendensiyalar, mobil texnologiyalar rivoji va raqamlashtirish, shuningdek, OAV erkinligini himoya qilish sharoitidagi yangi chaqiriqlar bor edi.

Toshkentda YeXHT vakili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamurodov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov hamda parlament quyi palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazdi.

Mavzuga oid