Qoraqalpog‘iston paxta sotish rejasini bajardi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2017 yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajardi. Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xom-ashyosi tayyorlash to‘g‘risidagi ma'lumotnomada keltirilishicha, qoraqalpog‘istonlik paxtakorlar 20 oktabr holatiga ko‘ra, davlatga 186 ming 477 tonna paxta topshirgan (reja - 186 ming 200 tonna).
Respublikada paxta sotish rejasini birinchi bo‘lib Xorazm viloyati bajargandi.
Ayni vaqtda Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari ham rejaga yaqinlashmoqda. Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari esa nisbatan ortda qolmoqda.
Respublika bo‘yicha bu mavsumda 3 million 180 ming 700 tonna paxta hosili terib olish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:43 / 28.09.2024
Birjada paxta narxi 11 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu nimadan darak?
12:38 / 27.09.2024
Qashqadaryoda paxta xaridi bo‘yicha raqobat cheklanmoqda
21:29 / 25.09.2024
QXV fermerlarga bosim bo‘layotgani bilan bog‘liq vaziyatni “to‘g‘ri talqin qilish”ni so‘radi
17:09 / 24.09.2024