Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya terma jamoasi darvozabonini tunab ketishdi
Futbol bo‘yicha Angliya milliy terma jamoasi hamda «Vest Hem Yunayted» darvozaboni Jo Hart mopedlarda harakatlanayotgan 3 nafar g‘arazgo‘y tomonidan o‘marib ketildi, deb yozmoqda Daily Mail.
Qayd etilishicha, hodisa futbolchi London klubining navbatdagi mashg‘ulotidan qaytayotganida ro‘y bergan. Hart avtomobilida AYoQShda to‘xtagan. 30 yoshli futbolchidan qopchiq, soat va mobil telefonini o‘g‘irlashgan. Darvozabonning o‘zi jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Hart avval ham o‘g‘rilar nishoni bo‘lgan. Shu yilning avgust oyida uning 100 ming funt sterling turadigan Range Rover avtomobilini o‘g‘irlab ketishgandi. Treker bilan jihozlangan mashina Cheshir grafligidagi uyi yaqinida topilgandi.
Mavzuga oid
14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
15:39 / 11.03.2025