Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buxoro» stadioni suxandoni «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda Igor Sergeyevni haqorat qildi
Oliy liganing 25-turida «Buxoro» va «Paxtakor» klublari o‘rtasidagi o‘yin o‘tkazildi. Bellashuv toshkentliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida ajablanarli voqea yuz berdi. Bellashuvdagi gollardan biriga mualliflik qilgan mehmonlar hujumchisi Igor Sergeyev bosh murabbiy tomonidan almashtirildi. Uning o‘rniga Jasur Hakimov tushirildi.
Bu almashtirishni e'lon qilayotgan «Buxoro» stadioni suxandoni Sergeyevni haqorat qilgan.
«Maydonda 11-raqamda harakat qilgan Igor Babayan o‘rniga Jasur Hakimov tushmoqda», deya uning so‘zlarini keltirgan Sports.uz.
Bu bilan «Buxoro» klubi suhandoni nimani nazarda tutganini bilmaymiz, Igorning o‘zi esa maydonni tabassum bilan tark etdi. O‘yinda ishtirok etgan klublar va PFLning bu voqeaga munosabati hozircha ma'lum emas.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025