Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanida o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi
Shayxontohur tumanida tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan shaxslarni qo‘lga olishdi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Shayxontohur tumanida 15 oktabr kuni soat 17.30 da, 1985 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Yangixayot QFY, Sadovaya ko‘chasida yashovchi A.P. va 1975 yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumani, Chilonzor 13-29-uyda yashovchi G.R. Oqtepa dahasi 33 uy 1-qavatda joylashgan 13 uyga balkon qismida deraza oynasini yo‘qligidan foydalanib kirib, 1949 yilda tug‘ilgan, nafaqaxo‘r, Oqtepa dahasi 43-uyda yashovchi T.V.ga tegishli 700.000 so‘mlik «Jasic» payvandlash uskunasini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanliklari aniqlanib, ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB tomonidan fuqarolar A.P. va G.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:51 / 11.04.2025