Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rassom Van Gogning surati 50 mln dollar narx bilan sotuvga qo‘yiladi
Niderlandiyalik mashhur rassom Vinsent Van Gogning "Shudgorlangan dala va shudgorchi" nomli surati Nyu-Yorkdagi savdolarda 50 mln dollardan ko‘proq boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda savdolarni uyushtirayotgan Christie's auksion uyida ma'lum qilindi.
Rassomning ushbu surati 13 noyabrda Nensi Li va Perri Bassning kolleksiyasidagi impressionistlar va zamonaviy san'at asarlari savdosidagi bosh lot bo‘ladi. Savdolarga 36 ta surat qo‘yiladi, ularning umumiy narxi 120 mln dollardan oshadi.
Van Gog auksionga qo‘yiladigan suratini 1889 yilning avgust-sentabr oylarida yaratgan.
Shuningdek, auksionga Anri Matissning 1921 yildagi "Nitstsadagi regata" surati ham qo‘yiladi. U 12-18 mln dollarga baholanmoqda. Shuningdek, rassom Xuan Mironing 1933 yilda chizgan surati 18 mln dollar, Mark Shagalning suratlari 4-6 mln dollarlik narx bilan taklif etiladi.
Mavzuga oid
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi
21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
00:47 / 21.09.2023