Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobchak saylovlardagi bosh maqsadini ma'lum qildi
Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchakning prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishi haqida e'lon qilganidan so‘ng o‘tkazgan birinchi matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, uning eng asosiy maqsadi – saylovlarning hozirgi tizimini sindirish. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular «yuqori byudjyetli shou»dir. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
«Men hozir nima yuz berayotganini yaxshi tushunib turibman, - bu saylovlar emas, bu saylovlarga o‘xshash narsa. Biz hozir ko‘rayotgan narsa, - bu ko‘proq qandaydir yuqori byudjyetli shoudir. Shu bilan birga, men professional sifatida aytishim mumkinki – u juda past sifatga ega», - dedi Sobchak.
Sobchakning aniqlik kiritishicha, uzoq yillar davomida shou-biznesda ishlagan hamda uning qonunlarini tushunadi. «Mening vazifam – bu shouni to‘ntarib tashlash. Mening vazifam – o‘zimning o‘yin qoidalarimni o‘rnatish», - deya aniqlik kiritdi u. Sobchakning qo‘shimcha qilishicha, rejalashtirilayotgan prezidentlik saylovlari «haqiqiy umumxalq referendumiga aylanishi, unda «hammaga qarshi» bandi juda ko‘p insonlarni to‘plash bo‘yicha o‘ziga xos nuqta bo‘lishi» lozim.
Sobchak jurnalistlarga o‘zining saylov shtabi rahbarini tanishtirdi. Bu lavozimni jurnalist va siyosatshunos Igor Malashenko egalladi. U oligarx Vladimir Gusinskiy NTV egasi bo‘lganida, telekanal rahbarlaridan biri edi.
Mavzuga oid
19:49 / 28.09.2023
Qodirov atrofida yangi mojaro: uning o‘g‘li Qur’onni yoqqan rossiyalikni tergov qamoqxonasida kaltaklagan
08:53 / 21.07.2023
Rossiyada maktab o‘quvchisi Simonyan va Sobchak ishi bo‘yicha hibsga olindi
16:24 / 16.07.2023
Rossiya FXX Simonyan va Sobchakka suiqasd tayyorlangani haqida xabar berdi
19:27 / 27.10.2022