Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik kompaniya asoschilari bir sutkada 1,4 milliard dollarga boyishdi
Mayk Kennon-Bruks va Skott Farkuxar — u qadar dong‘i ketmagan Avstraliya kompaniyasi hisoblangan Atlassian korporativ dasturiy firmasining hammuassislari. Shunga qaramay, ularning mashhur mijozlari talaygina - Tesla, SpaceX, Spotify va boshqalar.
Atlassian — DT ishlanmasini boshqarish va ishlab chiqaruvchilarning xatosini kuzatishga mo‘ljallangan Jira dasturiy ta'minotining ishlab chiqaruvchisi. Shuningdek, Cenqua dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi, Trello loyihalarni boshqarish servisi ishlab chiqaruvchisi kabilar ham Avstraliya kompaniyasiga tegishli.
19 oktabrda Atlassian yangi moliyaviy yilning birinchi choragi hisobotini chop etdi. Mazkur ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning bu davrdagi daromadlari yillik hisobda 42 foizga o‘sgan, mijozlar soni esa 100 ming kishidan oshgan. Shundan so‘ng kompaniya aksiyalari 25 foizga qimmatlashdi, Atlassian kapitalizatsiyasi esa birinchi marta 10 milliard dollardan oshdi.
Biznesning taxminan beshdan uch qismi Kennon-Bruks va Farkuxarga tegishli. Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, ularning har birining moliyaviy holati bu sutkalarda 700 million dollarga, ya'ni 3,5 milliard dollargacha oshgan (23 oktabr kungi ma'lumotlar asosida).
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025