Fan-texnika | 15:00 / 25.10.2017
14320
2 daqiqa o‘qiladi

Mitsubishi yangi krossoverni namoyish etdi

Foto: Mitsubishi

Mitsubishi kompaniyasi Evolution seriyasini yangilash haqida qaror qabul qildi – yangi elektr krossoveri shu nom ostida taqdim etildi. Avtomobil kontsepti e-Evolution nomini oldi hamda Tokiodagi avtosalonda namoyish etildi, deb xabar bermoqda Autonews.ru. Kompaniya yangilikka «yo‘ltanlamaslar evolyutsiyasi» deb izoh berdi, u «Mitsubishi Motors’ning yangi yo‘nalishini» namoyish etib beradi.

Kupesifat krossover kelajakda yangi Nissan Juke’ga raqobatchilik qiladi. Kompaniya muhandislari aksariyat texnik yechimlarni yapon brendining seriyali modellarida qo‘llashni mo‘ljallashmoqda.

Foto: Mitsubishi
Foto: Mitsubishi

Avtomobil futuristik dizayn, katta g‘ildirak disklari, nurdiodli optika, yon tomondagi ko‘zgularning o‘rniga kameralar hamda kuzov tirgagida yashirilgan eshik tutqichlariga ega. Kompaniyadan ta'kidlashlaricha, avtomobil «o‘zida to‘la uzatma hamda ilg‘or sun'iy idrok texnologiyasiga ega elektr transmissiyani birlashtirdi».

Foto: Mitsubishi
Foto: Mitsubishi

Krossover uchta elektromotor bilan jihozlanadi – bittasi oldinda va ikkitasi orqadi. Shuningdek, prototipda Mitsubishi S-AWC to‘la uzatmali tizimi bor. Yangilikning barcha dinamik xususiyatlari sir saqlanmoqda. Yarim avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi o‘z ichiga maxsus datchiklar hamda kameralarni qamrab oladi.

Foto: Mitsubishi
Foto: Mitsubishi
Foto: Mitsubishi
Foto: Mitsubishi
Foto: Mitsubishi

Mavzuga oid