Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosining oldi olindi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tezkor xodimlari bilan hamkorlikda olingan tezkor ma'lumot asosida, Asaka tumanidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Tadbir davomida Oltinko‘l tumanida yashovchi M.D. to‘xtatilib, tekshiriladi. M.D. bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida, u tanishini moddiy manfaatdorlik evaziga chet davlatiga olib ketayotganligi, oyiga 2500-3000 AQSh dollari miqdoridagi oylik to‘lanadigan ish va'da qilganligi, aslida undan chet mamlakatda shahvoniy maqsadlarda foydalanmoqchiligi ma'lum bo‘ldi.
M.D. oldindan olgan 200 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
21:16 / 26.05.2025