Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ona o‘z qizini o‘g‘irlikka boshladi
Ayol - muqaddas zot, shu sabab u to‘g‘risida biron-bir salbiy so‘zni aytishga insonning tili bormaydi. Ona, nafaqat farzandlarni dunyoga keltirishi bilan, balki ularni tarbiyalab, komil inson qilib voyaga yetkazishi bilan ham kelajak davomchisi sifatida e'tirof etiladi. Afsuski, gohida ayrim ayollarning qilmishlari to‘g‘risida eshitganingda, hayratdan yoqa ushlaysan.
Xorazm viloyati IIBning xabar berishicha, Shovot tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan Sh.I. tez-tez bozorga tushib turadi, “Nima bozorga tushsa tushar, u-bu xarid qilmoqchidir”, - dersiz. Yo‘q u bozordagi savdogarlarning ko‘zini shamg‘alat qilib, rastada turgan sotiladigan mollarni o‘g‘irlash payida bo‘ladi. Ana shunday qilig‘i sabab, 2012 yilda sudning “qora kursi”siga o‘tirgan bo‘lsada, bundan o‘ziga xulosa chiqarmasdan, eski hunarini qo‘msab, 2017 yilning 17 oktabr kuni Urganch shahrida joylashgan savdo majmuasidagi rastalarni oralab qoldi.
Ayanchlisi shundaki, bu safar u o‘zining jirkanch ishiga 1995 yilda tug‘ilgan qizini ham jalb qildi. Oldindan jinoiy til biriktirib olgan ona-bolaning birisi sotuvchini chalg‘itib turib, ikkinchisi rastada turgan narxi 600.000 so‘mlik matoni o‘g‘irlab ketayotganida ushlandilar.
Xalqimiz “Onasini ko‘r - qizini ol”, deb bejiz aytmagan shekilli.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
09:40 / 06.03.2025