Sport | 17:35 / 26.10.2017
11185
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» stadioni nomini rekord qiymatga sotishi mumkin

Foto: FC Barcelona

«Barselona» klubi uy stadioni hisoblanmish «Kamp Nou» nomini rekord narxda sotishi mumkin, deb ta'kidlamoqda CCMA. 

Ayni paytda, klub rahbariyati farmatsevtika bilan shug‘ullanuvchi kompaniya bilan muzokara o‘tkazmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, arenaga kompaniyaning nomi qo‘shiladi. Bitim 30 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uning qiymati oshkor qilinmayapti.

Hozirgi kunda rekord Milliy futbol ligasida (NFL) ishtirok etuvchi klublar «Nyu-York Jyets» va «Nyu-York Jayyents»ga tegishli bo‘lib, ular uy stadioni nomiga egalik qilish huquqini 338,6 million yevroga sotgan. Bitim 25 yilga mo‘ljallangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid