Jamiyat | 09:20 / 26.10.2017
11760
2 daqiqa o‘qiladi

Marhamatda ichki ishlar xodimlari kuni nishonlandi

Andijon viloyat Marhamat tumanida 25 oktabr ichki ishlar xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.   

Bayramda tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi, nuroniylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Anjumanda so‘z olgan tuman hokimi Shuhratbek Qamchiyev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Mahamadjan Nishanovlar el-yurtimiz osoyishtaligini ta'minlashga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlarni kasb bayrami bilan qutladilar. 

Sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar e'zozlanib, ularga o‘zbekona milliy sovg‘alar berildi. O‘z xizmat vazifasiga mas'uliyat bilan yondashayotgan bir guruh xodimlarga maxsus unvonlar tantanali tarzda topshirildi.  

Fidokorona xizmati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan  bo‘lim xodimlar tuman hokimligi va ichki ishlar bo‘limining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib rag‘batlantirildi. 

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid