Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekoziqovqatxolding» Turkiyada qator shartnomalar imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 2017 yil 25 oktabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifning ikkinchi kunida Turkiya - O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida biznes-forum tashkil etildi. Forumning 2-qismi oziq-ovqat sanoatiga bag‘ishlanib, unda ushbu soha vakillari o‘zaro muzokaralar olib borishdi.
Biznes-forumda “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi rahbari Tohirjon Jalilov “Gentes Yapi ve Endustry Tesisleri Ltd. Sti.”kompaniyasi bilan muzokara olib bordi va hamkorlikda yirik meva-sabzavot terminalini barpo etish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Unga ko‘ra terminalda: 125 muzlatgich ombori, 75 sochiluvchan mahsulotlarni saqlovchi ombor, yuklash-tushirish hududi, qadoqlash hududi, eksport uchun mo‘ljallangan hudud, bojxona hududi, kafe va restoran, ma'muriy bino va ofislar, mehmonxona barpo etiladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun joriy yilning noyabr oyida turkiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.
Shuningdek, turkiyalik ishbilarmonlar O‘zbekiston oziq-ovqat sohasini yanada rivojlantirish yo‘lida meva-sabzavotlarni yetishtirish, qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berish borasida kelishuvga erishishdi.
Turkiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yurtimiz orqali MDH davlatlariga eksport qilish istagini bildirdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025