Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"HAKIM METALL STROY" paxtakorlarimiz hosili barakali bo‘lishini tilab qoladi
O‘zbekistonda sifatli va hamyonbop metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "HAKIM METALL STROY" mas'uliyati cheklangan jamiyati yurtimiz paxtakorlari, dehqonlari hamda fidoyi yoshlariga 2017 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini a'lo darajada yakunlashida muvaffaqiyat tilab qoladi.
Yurtimiz boyligi oq oltin xirmonini to‘ldirishda o‘z hissalarini qo‘shayotgan hasharchi hamyurtlarimizga kuch-quvvat, sabr-toqat, ko‘tarinki kayfiyat yor bo‘lsin. "HAKIM METALL STROY" mehnatkashlarimizning hosili kutilgan natijani berishini tilab qoladi. Kompaniya daladagi paxta terimi jarayonini ham tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Kompaniya haqida
"HAKIM METALL STROY" MChJ kislovodsk va boshqa har xil modullar, angarlarni montaj va demontaj qilish ishlarini bajaradi. Buyurtmaga ko‘ra, metall konstruksiyalar ishlab chiqaradi, sotadi va sotib oladi.
Omborlardagi konstruksiyalarning xilma-xilligi evaziga metall konstruksiyalarni bozor narxidan arzon va kelishilgan narxlarda (to‘lov istalgan shaklda), yuqori sifatda bajarib beradi. Hozirda, aynan shunday konstruksiyalardan yirik savdo markazlari hamda qisqa muddatlarda qurilishi talab qilingan ko‘plab bino va inshootlar barpo qilinmoqda. Mazkur konstruksiyalar ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan yetuk mutaxassis va muhandislar tomonidan bajariladi.
Metall konstruksiya - o‘ziga xos konstruktor bo‘lib, undan qurilayotgan bino yoki inshootning karkasi yig‘iladi. Qoidaga asosan, bunday metall konstruksiyaning o‘z funksiyalari va asosiy vazifalari mavjud. Metall konstruksiyani o‘rnatish jarayoni professional darajada o‘tishi uchun katta tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lish zarur.
"HAKIM METALL STROY" tomonidan yaratilgan yirik va zavodlar:
- Namangan shahridagi “ART SOFT TEX” MChJga qarashli 17 ming kv.m yer maydoniga tekstil fabrikasi;
- Jizzax viloyati Zomin tumanidagi zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan "JIZZAX POULTRY" QK MChJga qarashli tovuqxona fermasida metall konstruksiya ishlari.
- Andijon shahrida dori-darmon ishlab chiqarish fabrikasi;
- Guliston shahrida yangi uslubdagi zamonaviy “Guliston dehqon bozori”ning metall konstruksiyasi;
- Toshkent shahri Algoritm dahasida barpo etilayotgan yirik savdo markazi;
- Marg‘ilon shahri hamda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida "Fargona ulgurji savdo invest" MChJga qarashli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun yirik hajmdagi zamonaviy muzlatgich inshooti;
- Katta hajmdagi angarlar (“arkaobraznyy”) va omborxonalar va h.k.
Yana bir yangilik
Shuningdek, “Hakim metall stroy” MChJ qoshida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida metall konstruksiyalarini ishlab-chiqaruvchi “NURAFSHON SULTON METALL” MChJ o‘z faoliyatini boshladi.
Bulardan tashqari, kompaniya tomonidan yirik bino, inshootlarning tomini yopish uchun hozirgi kundagi zamonaviy sifat belgisiga ega bo‘lgan sendvich panellari ham yetkazib beriladi va o‘rnatiladi.
Shuningdek, turli xil sanoat obektlarini va ulardagi metall konstruksiyalarning antikorroziya himoya qilish ishlarini bajarib beradi.
Yangi imorat qurishda ishonchli hamkor izlayotgan bo‘lsangiz, yuqori sifatli metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi "HAKIM METALL STROY" kompaniyasiga murojaat qiling.
Telefon:
+998 90 907-09-52,
+998 99 887-09-52,
+998 98 300-09-52,
+998 90 740-23-32.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
00:23 / 21.04.2025
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
14:00 / 09.04.2025
O‘zbekistonda uch yilda noyob metallar bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi
09:14 / 26.02.2025
Tramp Rossiyaning nodir metallaridan foydalanish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
09:28 / 28.01.2025