O‘zbekiston | 09:50 / 27.10.2017
9385
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Turkiya biznes markazi tashkil etiladi 

Foto: O‘zA

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 2017 yil 25-26 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkiyada bo‘ldi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni kunning ikkinchi yarmida Istanbul shahriga tashrif buyurdi. U yerda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Turkiya Respublikasi bosh vaziri Binali Yildirim ishtirokida ikki mamlakat moliya va ishbilarmon doiralari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Prezident yaqin yillarda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 3-4 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani, bu ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun keng imkoniyatlar yaratishini ta'kidladi. 

Shavkat Mirziyoyev Turkiya kompaniyalari rahbarlarining O‘zbekistonda biznes yuritish borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. 

Turkiyalik ishbilarmonlar prezident rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Valyuta bozori erkinlashtirilgani, viza olish tartibi soddalashtirilgani o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qulayliklar yaratgani ta'kidlandi. 

Investorlar va yirik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga qulay sharoit yaratilayotgani, O‘zbekistonda Turkiya biznes markazi tashkil etilishi ma'lum qilindi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid