Qozog‘istonda 11 ming amaldor korrupsiya uchun javobgarlikka tortildi, ular orasida 2 bosh vazir ham bor
Qozog‘istonda so‘nggi 17 yil ichida korrupsiya uchun ikki bosh vazir, yetti nafar vazir va agentliklar raislari, yetti nafar viloyat hokimi va ularning o‘rinbosarlari qamaldi, deb xabar bermoqda Informburo.kz.
Qozog‘istonda so‘nggi 17 yil ichida qariyb 11 ming korruptsioner javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasining Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash ishlari bo‘yicha Agentligi raisi o‘rinbosari Alik Shpekbayev Uralskdagi korrupsiyaga qarshi forumda aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda markaziy davlat organlarining 14 nafar rahbariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Viloyat tuzilmalari rahbarlariga nisbatan 90 ta va shahar hamda tuman davlat idoralari boshliqlariga qarshi 121 ta ish ochilgan.
"2001 yildan beri Qozog‘istonda korrupsiyaga oid qonunbuzarliklar uchun 10 930 mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Qamoq jazosiga mahkum etilganlar orasida ikki bosh vazir, yetti nafar vazir va agentliklar raislari, yetti nafar viloyatlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, sakkiz nafar milliy kompaniya rahbari hamda xuddi shuncha kuch tuzilmalari rahbariyati vakillari bor", - deya ma'lum qildi Alik Shpekbayev.
2017 yilda Qozog‘iston korrupsiyani qabul qilish Indeksida sakkiz bandni yo‘qotdi hamda Rossiya va Ukraina bilan birga 131-o‘rindan joy oldi.
Mavzuga oid
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024