Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiya hukumati Kataloniyaning pozitsiyasini hurmat qilishini aytdi
Shotlandiya hukumati Kataloniya hukumati pozitsiyasiga hurmat bildirdi, biroq muxtoriyatning mustaqilligini tan olmadi. Bu haqda Shotlandiya tashqi ishlar vaziri Fiona Xislopga iqtibos keltirgan holda "Bi-bi-si" xabar bermoqda.
Xislopning bayonotida Shotlandiya Kataloniya hukumati pozitsiyasini tushunishi va hurmat qilishi aytilgan. Shuningdek, bayonotda Kataloniyada o‘z kelajagini o‘zi belgilash huquqi bo‘lishi kerakligi ta'kidlab o‘tilgan.
Xislop bayonoti so‘ngida Ispaniya va Kataloniyani muloqotga chaqirgan.
27 oktabrda Kataloniya o‘z mustaqilligini e'lon qildi. Shundan keyin Ispaniya senati konstitutsiyaning Kataloniya Madriddan boshqarilishini ko‘zda tutuvchi moddasini qo‘llashga ovoz bergan.
Mavzuga oid
10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
11:05 / 11.01.2025
Uzoq Shotlandiya orolini boshqaradigan “menejer” qidirilmoqda. Hududda odamlar yo‘q, faqat dengiz qushlari bor
22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi
11:37 / 17.08.2024