Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar va «Barsa» urushi davom etadi. Futbolchining agenti katalonlarning qo‘rqinchli qismatini bashorat qildi
«Barselona»ning sobiq futbolchisi, hozirda «PSJ» sharafini himoya qilayotgan Neymarning agenti Vagner Ribeyro Kataloniyadagi voqealarga munosabat bildirdi. Kataloniya hukumati 27 oktabr kuni Ispaniyadan mustaqillik e'lon qilgandi.
«Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqsa Lyuksemburgga aylanadi, «Barselona» esa yo‘qlikka singadi», – deya yozgan Ribeyro o‘z tvitterida.
Juma kuni Kataloniya parlamenti 1 oktabr kuni o‘tkazilgan referendum natijalari asosida mustaqillik deklaratsiyasi e'lon qilgach, Ispaniya hukumati bu hududdan muxtoriyat maqomini olib qo‘yish harakatlarini boshladi.
«Barselona» klubi esa bu vaziyat bo‘yicha bayonot bermayapti. Klub prezidenti Xosep Bartomeu «Barselona» Kataloniya hukumati tomonida turishini, lekin bu harakatlarni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan. U tomonlarni muloqotga chaqirgan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025