Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya urushga tayyorlanmoqda
Butun Shimoliy Koreya bo‘ylab oxirgi hafta davomida aholini evakuatsiya qilish mashq qilindi. Bu haqda North Korea News nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar mamlakatning turli qismlaridagi kichik shaharlarda o‘tkazilgan. Bundan tashqari, yorug‘lik maskirovkasi rejimi qo‘llangan. Bunda potensial raqibni mo‘ljaldan og‘dirish maqsadida butun boshli aholi punktlarida chiroqlar o‘chirib qo‘yilgan.
Bu xabarlar Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning Janubiy Koreyaga tashrifi ortida paydo bo‘ldi. Mettis AQSh Shimoliy Koreyani hech qachon yadroviy davlat deb tan olmasligini va Vashington Shimoliy Koreya muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilishning bir nechta variantini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgan.
Shimoliy Koreyada bunday mashg‘ulotlar oxirgi marta 2003 yilda o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025