«U Ronaldudan ko‘p gol urdi». Paulino – «Barsa»ning yozdagi eng yaxshi transferi
Paulino «Barselona»ga o‘tganida ushbu transfer atrofida salbiy fikrlar yangradi, rahbariyat Xitoy chempionatidan ushbu futbolchini katta pulga sotib olgani uchun kulgi ostiga olindi. Bu vaqtda kataloniyaliklar Neymarni yo‘qotishgan, uning o‘rniga zudlik bilan shu saviyadagi futbolchi olinishi o‘rniga Xitoy chempionatidan futbolchi olib kelingandi.
29 yoshda bo‘lgan, Xitoy chempionatida to‘p Paulino «Barselona»ga o‘tganida ushbu transfer atrofida salbiy fikrlar yangradi, rahbariyat Xitoy chempionatidan ushbu futbolchini katta pulga sotib olgani uchun kulgi ostiga olindisurayotgan Paulinoga 40 million yevro to‘lanishi – moliyaviy ekstremizmga qiyoslandi. Uning taqdimot marosimiga esa ikki mingga yaqin kishi yig‘ildi, Paulino esa fintlarni bajara olmasdan, sharmanda bo‘ldi. Barcha bu transferni halokatli transfer deya baholay boshladi.
Ammo braziliyalik bu universal futbolchini sinchiklab o‘rganmoq kerak edi. Pau «Tottenhem»ning asosiy tarkibiga kira olmagach, moliyaviy tomondan yaxshigina taklif tufayli Xitoyga yo‘l olgandi. Ammo shuni ham e'tibordan qochirmaslik kerakki, Yevropadan ketsa ham, ushbu xavbek Braziliya terma jamoasidagi joyini saqlab qoldi.
9 iyun kuni «selesao» Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgandi. Hakam argentinaliklar darvozasiga jarima belgilaganida, Paulino to‘pni o‘rnatib, uni qaysi burchakka yo‘naltirish haqida o‘ylab turganida, uning yoniga Messi keldi. «Menga qara, «Barselona»da men bilan birga o‘ynashga qanday qaraysan?» – degandi o‘shanda «Oltin to‘p»ning ko‘p karra sohibi.
«O, agar sen shuni istasang, nega yo‘q deyman», – deya javob beradi Pau. U Leoning so‘zlaridan shunchalik hayajonga tushgandiki, jarima zarbasini tepishni Villianga qoldiradi.
O‘yindan keyin Messi «Barsa»ning bo‘lajak futbolchisi bilan futbolkasini almashdi – agar bu tafsilotlarni 30 sentabr kuni emas, avvalroq oshkor etishganida Paulinoga munosabat, albatta boshqacha bo‘lardi. Muxlislar uchun Lionelning irodasi rahbariyatning tanlovidan ko‘ra muhimroq.
Transfer qiymati ham aniq emas. Birinchidan, Pau klubga 40 million emas, 33 million yevroga tushgandi – o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan 7 million yevrodan futbolchining o‘zi bosh tortdi. Ikkinchidan, 33 million yevro 7 klubga tegardi, bu klublar ma'lum miqdorda futbolchining transfer huquqiga egalik qilardi – 7 klubga bundan kam mablag‘ berish haqiqatga yaqin bo‘lmasdi.
Braziliyalik futbolchining imkoniyatlarini past baholagan kishilar – Paulinoning ampluasini e'tiborga olishmagandi. Hech kim Ernesto Valverde undan qaysi pozitsiyada foydalanmoqchiligi bilan qiziqmadi. Muxlislar murabbiy Paulino zaxiraga o‘tqazishi yoki tayanch yarim himoyasiga joylashtirishini taxmin qilgandi.
16 sentabr kuni Messi o‘zi tomonidan Kataloniyaga taklif etilgan futbolchiga yordam berdi. Aynan shu o‘yinning 29-daqiqasida jamoa muxlislari tomonidan transferi olqishlangan, rahbariyat katta umidlar bilan, 105 million yevro to‘lab sotib olgan Usmon Dembele ahmoqona tarzda jarohat oldi, o‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganida tabloda 1:1 hisobi porlab turardi. O‘shanda Ernesto Valverde Paulinoni maydonga tashlashga qaror qiladi va u 7 daqiqa o‘tib Leo bilan ajoyib kombinatsiya uyushtiradi va g‘alaba goli uriladi: argentinalik futbolchi to‘pni dohiyonalik bilan 33 millionli braziliyalik futbolchiga yetkazib berib, uni raqib darvozaboni qarshisida yakka qoldirgandi.
Bir hafta o‘tib Pau yana o‘zini ko‘rsatdi – uning zarbasidan bu safar «Eybar» darvozaboni jabr chekdi.
Keyingi golini ushbu futbolchi bir oy kutishiga to‘g‘ri keldi – braziliyalik «Atletik»ni mag‘lub etuvchi zarbasini yo‘llagandi.
Shundan so‘ng tvitter foydalanuvchilari aqldan oza boshlashdi. Avgust oyida uni masxara qilganlar o‘z xatolarini tan olishdi. «Yozda ahmoqlar Paulino – bizning eng yomon transferimiz bo‘lgani haqida bong urishgandi. Men ham shunday tentaklardan biri edim», – deya yozilardi o‘sha tvitlar.
Endi esa braziliyalik bu futbolchi – «Barselona»ning ikkinchi to‘purari bo‘lib turibdi. Uning hisobida 3 gol va bir assist bor. Suaresning natijasi ham shunday, ammo Luis bu natijaga 2 baravar ko‘p vaqtda erishgan (623 daqiqaga 350 daqiqa). «U hatto Krishtianudan ko‘p gol urdi. U Krishtianudan yaxshi! U bizning yozdagi eng yaxshi transferimiz!» – deyilmoqda endi tvitterda.
Ko‘rinishidan Valverde Pau uchun maydonda ideal joy topdi – markaz tomon harakatlanuvchi o‘ng qanot. Unda himoyalanish majburiyati yo‘q – braziliyalik futbolchi doimiy ravishda hujum qiladi. Masalan, u «Olimpiakos»ga qarshi o‘yinda haqiqiy vingerga aylandi va 5 marta zarba berdi (ikkitasi aniq, yana bir zarba to‘singa tegdi).
Uning muvaffaqiyatlariga media befarq bo‘lmadi: Marca bir soni sahifasini Pauga bag‘ishladi: «Kulgilardan olqishlarga qadar», Squawka esa uni yangi Fabregas deb atadi.
Mavzuga oid
11:50 / 24.11.2024
«Siti» yana 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024