Xitoylik bola notanish ayolga 75 dollar evaziga «onalik» rolini taklif qildi

Foto:shanghaiist.com
Xitoylik bola notanish ayolga ota-onalar majlisida onasining rolini o‘ynab turishi uchun 500 yuan (75 dollar) taklif qildi. Shanhaiist.com portali shu haqida xabar berdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u foydalanuvchilari birga vaqt o‘tkazganlik, masalan, birga kino ko‘rish uchun to‘lov kiritishga tayyor ilova orqali maktab o‘quvchisining e'lonini o‘qib qolgan.
U bilan yozishuv davomida bola uning otasi doim safarda ekani, o‘qituvchisi esa ota-onalar majlisiga hech kim kelmayotganidan g‘azabda ekanini tushuntirgan. Aynan shu bois unga ikki soatga maktabga kelib, "ona" rolini o‘ynaydigan ayol kerak bo‘lgan.
Ayol oxir-oqibat bu taklifni qabul qildimi yoki yo‘q - aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025